Yunusoboddagi ko‘chalarni suv bosishi poytaxt avtobuslari qatnoviga ta’sir qiladi

eʼlon qilindi
Favqulodda hodisa joyida ko‘cha to‘sib qo‘yilgan
Foto: Yangi O‘zbekiston

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasida suv ta’minoti tizimidagi avariya tufayli yo‘l to‘sib qo‘yildi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat».

Favqulodda holat 6, 24 va 142-sonli avtobuslari yo’nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari va yo‘nalishlariga ta’sir qilishi mumkin.

Kursiv yozganidek, chorshanba kuni Yunusobod tumanida suv ta’minoti tizimida avariya roʻy berib, bir qator koʻchalarni suv bosgan.

Shuningdek