Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasida suv ta’minoti tizimidagi avariya tufayli yo‘l to‘sib qo‘yildi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat».
Favqulodda holat 6, 24 va 142-sonli avtobuslari yo’nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari va yo‘nalishlariga ta’sir qilishi mumkin.
Kursiv yozganidek, chorshanba kuni Yunusobod tumanida suv ta’minoti tizimida avariya roʻy berib, bir qator koʻchalarni suv bosgan.