Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi – video
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Hozirgi kunda ShHTga a’zo davlatlar soni 10 ta
                    
                            
Bugun Belarus Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zoligi qabul qilindi.
Hozir Belarus bilan birgalikda ShHTga 10 ta davlat kiradi. Jumladan, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston, Oʻzbekiston va Eron mazkur tashkilot a’zolari hisoblanadi.
ShHTning Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida Belarusga Tashkilot a’zosi maqomini berish tartibini boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Belarus a’zolik uchun 2022-yil 15-iyul kuni ariza bergan edi.
