Dollarning rasmiy kursi yana 12 600 so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Amerika valyutasi 16 so‘mga qimmatlashdi
Foto: Monartfoto / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 16 so‘mga oshib, 12 600,05 so‘mga yetdi. Markaziy bank ham kursni shu darajada belgiladi.

Respublika banklari kassalarida xarid kursi 12 525 – 12 585 so‘m etib belgilandi. Sotish kursi 12 620 – 12 650 soʻm.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyida dollar kursi nima uchun tushib ketgani haqida yozgan edi. Mutaxassislarning fikricha, bunga boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovarlar ta’sir ko‘rsatmoqda. Bir tomondan import o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan sekinlashgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, O‘zbekistonda rublga talab ortib bormoqda. Shuning uchun dollar kursiga bosim pasaymoqda.

Shuningdek