Xodjayev Marufxon «Hududgazta’minot» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xodjayev bunga qadar 2023-yilning avgustidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Nabiyev Fitratullo O‘zR Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
Avvalroq «Kursiv» «Oʻzenergosotish» kompaniyasiga yangi rahbarlar tayinlangani haqida xabar bergan edi.