O‘zbekiston bo‘yicha turistik qo‘llanma koreys tilida chop etildi

eʼlon qilindi
Tiraj: 200 ming nusxa
Фото: weissdergeier/Depositphotos

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi va Travel Book nashriyoti tomonidan koreys tilida O‘zbekiston bo‘yicha qo‘llanma taqdim etildi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Qo‘llanmaning umumiy tiraji 200 ming nusxani tashkil qiladi. Kitobni Janubiy Koreyadagi eng yirik kitob do‘koni Kyobo Book Center xarid qilish mumkin.

Qo‘llanmada mamlakatimizning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari, milliy taomlari va sport turlari haqida so‘z boradi.

Taqdimotda O‘zbekistonning turizm salohiyati, YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar haqida ham so‘z yuritildi.

Avvalroq «Kursiv» 1-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan 15,1 ming sayyoh kelgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek