Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi
Prezident farmoniga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (MTA) faoliyati tugatildi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Joriy yilning 2-iyun kuni prezident «Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, MTAga qarashli tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga ta’lim jarayonini takomillashtirish, unga xorijiy tajribalar, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb etish hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish kabi vazifalar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq birinchi sinfga qabul uchun qanday ariza berish haqida xabar joylagan edik.