Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

Uning vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuklatildi
Foto: Mdo.uz

Prezident farmoniga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (MTA) faoliyati tugatildi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Joriy yilning 2-iyun kuni prezident «Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, MTAga qarashli tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga ta’lim jarayonini takomillashtirish, unga xorijiy tajribalar, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb etish hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish kabi vazifalar yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  birinchi sinfga qabul uchun qanday ariza berish haqida xabar joylagan edik.