Milliy bank London fond birjasiga obligatsiyalarni joylashtirdi

eʼlon qilindi
$400 milliondan ortiq
Rasm: Mozolin

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki («O‘zmilliybank» AJ) London fond birjasiga umumiy qiymati $411 mln obligatsiyalarni joylashtirdi, deb xabar beradi moliya instituti saytida.

Obligatsiyalar ikki transhga joylashtirildi. Birinchisi, muddati besh yil bo‘lgan $300 millionlik qimmatli qog‘ozlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi – uch yil muddatga mablag‘lar qoldig‘i uchun obligatsiyalar.

Operatsiyada xalqaro audit va konsalting kompaniyalari ishtirok etdi. Bularga Deloitte, Ernst & Young, Dentons va Linklaters kiradi.

«London fond birjasida obligatsiyalar hisobiga jalb qilingan mablag‘lar birinchi navbatda O‘zR prеzidеnti tomonidan joriy yil 20-may kuni xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid yig‘ilishda bеrgan topshiriqlarini so‘zsiz bajarishga va iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi muhim loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan invеstitsiyalarni ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi», deyiladi xabarda.

Milliy bankning ta’kidlashicha, ushbu bitim Oʻzbekiston may oyida uchta xalqaro bozorga $1,5 milliardlik obligatsiyalarni joylashtirganidan keyin yakunlangan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston birinchi marta uchta valyutada obligatsiyalar chiqarganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek