O‘zbekistondagi “Lukoyl” oltingugurt narxini manipulyatsiya qilishda gumon qilinmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Holat yuzasidan ish ochildi
Rasm: Open Source Investigations

Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi «Lukoyl Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasiga nisbatan ish qoʻzgʻatdi, deyiladi tashkilot matbuot-relizida.

Qoʻmita ma’lumotlariga koʻra, kompaniya tomonidan kimyoviy moddalarni birjada sotishda texnik oltingugurt narxlari bilan manipulyatsiya belgilari aniqlangan.

Kompaniya oltingugurtning mavjud bo‘lmagan hajmlarini ham kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu omillar mahsulot narxining o‘rtacha 10 – 50 foizga oshishiga olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl Overseas Supply and Trading Ltd» oltingugurt birja bozoriga 2015-yilda kirib kelgan. Keyin korxona 3,7 ming tonna oltingugurtni 201 mln so‘mga sotdi.

Avvalroq «Kursiv» mahsulot taqsimoti bo‘yicha shartnomaga ko‘ra Lukoyl O‘zbekistonga qancha to‘lagani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek