Shavkat Mirziyoyev Hindistonda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi
eʼlon qilindi
Fojia oqibatida yuzdan ortiq odamlar halok bo‘ldi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan fojia oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yoʻlladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
«Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi», deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» fojia oqibatida yuzdan ortiq odamlar halok bo‘lganini yozgan edi.