“Tashabbusli budjet” qachon boshlanadi
eʼlon qilindi
Umumiy ajratilgan pul mablag‘i 2 trln so‘mdan ortiq

«Tashabbusli budjet»ning 2024-yilgi II mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, loyihalar kiritish jarayoni 6 – 26-iyul kunlari amalga oshiriladi. Ushbu loyihalar 26-iyul – 15-avgust muddati ichida saralab olinadi. Targ‘ibot qilish uchun 15 – 22-avgust kunlari muddat sifatida beriladi. Ovoz berish esa 22-avgustdan 1-sentabr sanasiga qadar davom etadi.
Mazkur yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,36 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim bo‘ladi.
Qayd etish joizki, joriy mavsum uchun umumiy 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ budjet hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan.