Toshkentda “Kursiv” ESG forumi boshlandi

eʼlon qilindi
Forumda ekspert va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etadi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

«Kursiv» xalqaro biznes nashri tomonidan 4-iyun kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumi tashkil qilindi.

Tadbirda davlat idoralari, tadbirkorlik subyektlari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

Forum ESG va barqaror rivojlanishga bagʻishlangan toʻrtta sessiyani oʻz ichiga oladi. Ushbu tadbirlarning onlayn translyatsiyasini «Kursiv» media rasmiy YouTube kanalida kuzatib borish mumkin.

Soat 14:30 da «Hamma narsada tozalik: ekologik poklik biznesni rivojlantirish vositasi» muhokamasi boshlandi.

15:25 da «Pulni qayerdan kutish kerak: ESG’ni rivojlantirishda xalqaro rivojlanish institutlarining roli» sessiyasi boshlanadi.

Uchinchi panel sessiyasi «ESG amaliyotlarining qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri» soat 16:40 da boshlanadi.

17:25 da #ESG_HAQIDA_aytib_ber yakuniy muhokamasi boʻlib oʻtadi.

ESG forumining asosiy homiysi ACWA Power, bosh homiylari esa Coca-Cola, Huawei, TBC Bank Uzbekistan va Payme hisoblanadi. Forumning rasmiy hamkori UN Global Compact boʻldi.

Shuningdek