5-iyul kuni respublikaning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +42 daraja issiq bo‘ladi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Janubiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar kuzatiladi
Bugun, 5-iyul kuni respublikada quruq va issiq havo bo‘ladi. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar kuzatiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +42 darajagacha isiydi. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 33-36 daraja issiq va kechasi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa havo bulutli bo‘ladi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-27 daraja issiq va kechasi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.