O‘zbekistonning 7SABER 2024-yilning birinchi yarmida Rossiya bozoriga kirgan xorijiy brendlardan biriga aylandi, deb yozadi «RIA Novosti».
Bu davrda Rossiya bozoriga jami 15 ta xorijiy brendlar kirdi. Ularning asosiy qismi Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalaridan keladi.
7SABER brendi 2021-yilda taqdim etilgan. Kompaniya kattalar va bolalar uchun sport kiyimlari va anjomlarga ixtisoslashtirilgan.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilning yozida O‘zbekistonda «Nike» krossovkalari ishlab chiqarilishi boshlangani haqida e’lon qilgan edi.