Britaniyaning yangi bosh vaziri ma’lum bo’ldi

eʼlon qilindi
Rishi Sunak partiyasi parlamentda 121 ta o‘rin bilan mag‘lub bo‘ldi
Foto: Thehill.com

Keyr Starmer Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri bo‘ladi. Bu haqda The Guardian xalqaro nashri xabar berdi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Keyr Starmerning Ishchilar partiyasi Rishi Sunak partiyasini mag‘lub etib, 14 yillik shov-shuvli konservativ hukumatga barham berdi. Payshanba kungi ovoz berishning ko‘plab natijalari e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da, so‘l markazchi Ishchilar allaqachon parlamentdagi 650 o‘rindan 412 o‘rinni egalladi va saylov g‘olibiga aylandi.

Sobiq bosh vazir Rishi Sunak mag‘lubiyatini tan oldi va Starmerga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alabasi bilan tabriklaganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Fransiya saylovlarining birinchi bosqichi natijalari haqida xabar bergan edik.

Shuningdek