Yangiliklar

Cobalt qolmadi, kiberhujumlarga qaramay

Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 5 mingdan ortiq kiberhujum amalga oshirildi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

«UzAuto Motors» kompaniyasining Cobalt avtomobillari uchun shartnomalari qolmadi. Jami 14 250 dona sotildi.

Ertalab soat 10 da tashkilot mashinalarni kontraktatsiyaga qayta qoʻydi. 14 209 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va bittadan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 41 shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.

«Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 5 000 dan ortiq kiberhujum amalga oshirildi. UzAuto Motors mutaxassislari tomonidan ularning oldini olindi. Avtomobil xaridi uchun kontraktatsiya jarayoni mobaynida UzAvtoSavdo platformasi faoliyatida uzulishlar kuzatilmadi», deyiladi tashkilot bayonotida.

Sotuvda ikkita modifikatsiya bor edi: Gx – Optima At – Plus narxi – 146,5 million so‘m. Gx – Style At – Plus narxi – 147,9 mln.

Avvalroq «UzAuto Motors» shartnoma bo‘yicha avtomobil uchun to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi kerakligi haqida xabar bergan edi. Aks holda mashinalar kontraktatsiyaga qayta qo‘yiladi.