«Google» kompaniyasining issiqxona gaz chiqindilari 2019-yildan beri deyarli 50 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Bularning barchasi sun’iy intellektning rivojlanishi bilan bog‘liq
Foto: Getty Images

Texnologiya giganti «Google» kompaniyasining issiqxona gaz chiqindilari 14,3 million tonna uglerod ekvivalentiga yetdi. Bu haqda kompaniya oʻzining atrof-muhitga ta’siri boʻyicha yillik hisobotida malum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu besh yil avvalgiga nisbatan 48 foizga koʻpdir.

Chiqindilarning koʻpayishiga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar markazlari tomonidan energiya iste’molining oshishi sabab boʻldi.

Shuningdek, Google ushbu dinamika 2030-yilga kelib chiqindilar nolga tenglashtirish maqsadini «juda ambitsion» qilib qoʻyganini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston havosining ifloslanishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek