Hamster Kombat tokenlari sotuvga chiqariladi – Pavel Durov

eʼlon qilindi
Hamster Kombat dunyodagi eng tez rivojlanayotgan raqamli xizmatga aylandi
Foto: Mehaniq / www.depositphotos.com

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov yaqin kunlarda Hamster Kombatning Ton platformasida token chiqarishini ma֥’lum qildi. Bu haqda u o‘z Telegram sahifasida e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Hamster Kombat boti 3 oy ichida 239 million odamni qamrab olgan. 73 kun ichida oyiga 100 million foydalanuvchiga erisha olgan. Kuniga 4-5 million yangi foydalanuvchi Hamster Kombatga qo‘shilib bormoqda. Yana u dunyodagi eng tez o‘sib borayotgan raqamli xizmatga aylangani ta’kidlangan xabarda.

«Tez orada Hamster jamoasi o‘z tokenini Ton platformasida zarb qiladi va yuz millionlab odamlarni blokcheynning afzalliklari bilan tanishtiradi. Yangi davr kelmoqda va biz buning real guvohiga aylanyapmiz», deydi Durov.

Eslatib o‘tamiz, «Hamsterni bosish» orqali pul ishlash haqida batafsil xabar joylagan edik.

Shuningdek