Yangiliklar

O‘zbekistonda 12 oy ichida narxlar o‘rtacha qanday oshadi

Fuqarolar va tadbirkorlar o‘z prognozlari haqida gapirdi
Foto: «Kursiv» / Zohid Qurbonov

Markaziy bank tomonidan aholi va tadbirkorlar orasida inflyatsiya yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazildi. Bu haqda MB Telegram kanalida xabar berildi.

Soʻrovnomaga koʻra, iyun oyida aholining inflyatsiyani sezish darajasi oʻtgan oyga qaraganda biroz sekinlashgan va 13,4 foizni koʻrsatgan. Kutilmalar esa 12,8 foiz ni tashkil etgan. Bu degani, fuqarolar kelgusi 12 oy davomida mamlakatda mahsulot va xizmatlar narxining aynan shunday o‘rtacha oshishini kutishmoqda.

Manba: Markaziy bank

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsiya kutilmalari 11,9 foizlik koʻrsatkichni qayd etgan. Farqli ravishda, oʻtgan oyda 12,7 foizni tashkil qilgan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlar narxlar o‘sishining sekinlashishini kutmoqda.

Manba: Markaziy bank

Ma’lumot oʻrnida soʻrovnomada tadbirkorlik sub’ektlaridan 1172 ta, aholidan esa 2096 ta respondent ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 10,6 foizga yetgani haqida xabar qoldirgan edik.