Yangiliklar

Madaniyat vazirligi: Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilmagan

Bu haqda avvalroq OAVda ma’lumot tarqatilgan edi
Foto: Darakchi

Madaniyat vazirligi vazirlik boshlig‘i Ozodbek Nazarbekov kiyim-kechak do‘konining reklamasida ishtikor etgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Madaniyat vazirligi xabariga koʻra, Nazarbekov «The Voice of Uzbekistan» loyihasining hakamlar hay’ati safida «Kingsman Uzbekistan» doʻkoniga tashrif buyurib, suratga olish jarayonida ishtirok etish uchun kiyim tanlagan.

«Libos tanlash jarayonida lavhada aytib oʻtilganidek, O.Nazarbekov milliy brend rivoji uchun oʻzining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib oʻtgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yoʻlga qoʻygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Ya’ni bundan O.Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi koʻzlanmagan», deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston deputatlari va senatorlariga xorijda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lish taqiqlangani haqida yozgan edi.