Manbalar

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sof foydasi $1,4 mlrddan oshdi

Bu haqda korxona moliyaviy hisobotida ma’lum qildi
Foto: NKMK

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining (NKMK) 2023-yilda sof foydasi yillik oʻsishda 46,6 foizni tashkil etib, $1,47 mlrddan oshdi. Bu haqda korxona moliyaviy hisobotida malum qildi.

Yil davomida zavod daromadi 12 foizga oshib, $5,7 milliardni tashkil etdi. Kompaniya aktivlari esa 5,3 foizga kamayib, $8,6 milliardni tashkil etdi.

S&P ma’lumotlariga koʻra, kompaniya oʻtgan yili 2,9 million unsiya oltin ishlab chiqargan. 2030-yilga borib bu koʻrsatkich 3,5 million unsiyaga yetishi mumkin. NKMKning qimmatbaho metallar zaxirasi esa 148 million unsiyaga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, zavod oltin ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi.

Avvalroq «Kursiv» 2022-yilda Oʻzbekistondagi Muruntov koni eng yirik oltin konlari oʻntaligiga kirgani haqida xabar bergan edi.