Yangiliklar

Oʻzbekistonda elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni oʻrganish uchun ishchi guruh tashkil etildi

Ishchi guruh bir nechta korxonalardan tashkil topgan
Foto: HayDmitriy / depositphotos.com

Oʻzbekistonda elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotganini oʻrganish uchun tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻzbekistonda elektr energiyasining narxi oshganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab boʻlmoqda.

Mazkur holatlarni oʻrganish uchun Raqobat qoʻmitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi.

Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda «Oʻzenergoinspeksiya“, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari» vakillari jalb qilingan.

Agar yuqoridagi kabi muammoli holatlar kuzatilsa, fuqarolar Raqobat qoʻmitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» elektr energiyasi hisoblagichlarining notoʻgʻri ishlashiga nima sabab boʻlgani haqida xabar bergan edi.