O‘zbekiston bank sektori 20 foizga o‘sdi
2024-yilning ikkinchi choragida O‘zbekiston bank sektori sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Banklarning jami aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga oshib, 2024-yil 1-iyun holatiga ko‘ra 686,2 trln so‘mni, passivlari esa 583,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ITIM tahlilida aytilgan.
Aktivlar, kreditlar va depozitlarning asosiy qismi 10 ta davlat banklarida jamlangan bo‘lib, ular aktivlarning 67,3 foizini, kredit portfelining 70,1 foizini va depozitlarning 50,6 foizini tashkil qiladi. Qolgan ulush 25 ta xususiy bank o‘rtasida taqsimlangan.
Biroq umumiy o‘sish sur’atlariga qaramasdan sektorda kredit portfelining o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu davrida 22 foizga, joriy yilda esa 17 foizga o‘sgan sur’atlarda pasayish kuzatilmoqda. Valyuta operatsiyalari ulushining kamaygani ham qayd etildi: xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 46 foizdan 44 foizga, depozitlar 33 foizdan 29 foizga kamaydi.
Ayni paytda aholining bank xizmatlaridan foydalanish faolligi ortib bormoqda. Jismoniy shaxslarning kredit portfelidagi ulushi 28,6 foizdan 32,4 foizga, depozitlarda esa 33,5 foizdan 36,3 foizga oshdi.
Banklarning rentabelligi va daromadi pasaydi. Sof foyda o‘tgan yilga nisbatan 13,3 foizga kamaydi, o‘sish 40,5 foizni tashkil qilgan. Aktivlar rentabelligi (ROA) 2,6 foizdan 2 foizgacha, o‘z kapitali rentabelligi (ROE) – 14,1 foizdan 10,1 foizgacha kamaydi. Biroq likvidlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda: yuqori likvidli aktivlar jami aktivlardagi ulushini saqlab qolgan holda qariyb 101 trln so‘mni tashkil etdi.
Tahlillar muammoli kreditlar ulushining (NPL) 3,5 foizdan 4,3 foizgacha oshganini ko‘rsatdi. Davlat banklarida NPL ulushi 4,8 foiz, xususiy banklarda esa 3,1 foiz. NPLning eng yuqori darajasi BRB (13,5 foiz), Mikrokreditbank (6,7 foiz) va Xalq bankida (6,1 foiz) kuzatilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki («O‘zmilliybank» AJ) London fond birjasiga umumiy qiymati $411 millionlik obligatsiyalarni joylashtirgan edi.