Oʻzbekistonda fuqarolarga ish haqi va nafaqa puli uchun moʻljallangan 3,7 mlrd soʻm oʻgʻirlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, hisobotlarda 31087 ta mavjud bo‘lmagan ish o‘rinlari ko‘rsatilgan. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, 274 nafar xodimga kechiktirilgan 966 mln so‘m ish haqi qaytarildi. Shuningdek, ish haqi va nafaqa toʻlash uchun moʻljallangan 3,7 mlrd soʻm oʻgʻirlanganligi ham fosh etildi. Mazkur holat yuzasidan 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda ayollar erkaklarga nisbatan 34 foizga kam maosh oladi, bu jahondagi oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori ekanligi xabar qilgan edi.