O‘zbekistonlik sayyohlar ko‘proq qaysi davlatlarga tashrif buyurishadi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistondan xorijga 2,2 million sayyoh tashrif buyurdi. Ulardan 995 mingdan ortigʻi Qirgʻizistonda bo‘lishgan, deb xabar qildi OʻzR Statistika agentligi.

Eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlari uchligiga Tojikiston va Qozog‘iston ham kirdi.

2023-yilning shu davriga nisbatan xorijiy mamlakatlarga O‘zbekistondan 35,5 foizga ko‘p sayyoh tashrif buyurdi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 2,8 million sayyoh tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek