Yangiliklar

Xorijga o‘qish uchun ketayotgan o‘zbekistonliklar soni kamaydi

Statistika agentligi xabariga ko‘ra
Rasm: Unspalsh

Joriy yilning yanvar – may oylarida 15,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarga o‘qish uchun ketgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga kamdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Oʻzbekistonliklarning asosiy qismi Tojikistonga oʻqish uchun ketgan — 7,8 ming kishi, Rossiya — 2,2 ming kishi, Qirg‘iziston— 1,7 ming kishi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari Janubiy Koreyaga – 900, Turkiya va Qozog‘istonga – mos ravishda 858 va 608 nafar fuqarolar ta’lim olish uchun ketishgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda 110 mingdan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar xorijda tahsil olishini aytdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, «El-yurt umidi» jamg‘armasi ko‘magida yetti yil davomida «Pechak ligasi»ning sakkizta ta’lim muassasasini o‘zbekistonlik 50 nafar bitiruvchi tamomlagan.

Avvalroq «Kursiv» ehtiyojmand talabalar kontrakt to‘lash uchun 332 mlrd so‘m olishgani haqida e’lon qilgan edi.