Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishining oldi olindi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) respublikada hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishni to‘xtatdi, deb yozadi Kaktus.Media.
Xavfsizlik kuchlari besh nafar Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi. Qo‘mita ma’lumotlariga koʻra, fitnachilar ekstremistik va jinoiy mafkuralarni qoʻllab-quvvatlagan.
Hibsga olinganlarning uylaridan avtomatlar, ov miltiqlari, turli turdagi o‘q-dorilar topilgan. Shuningdek, ular ekstremistik mazmundagi adabiyotlar va boshqa taqiqlangan narsalarni saqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil yozida Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari fitnachilar qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Hibsga olinganlar orasida «Eldik Kenesh» partiyasi rahbari ham bor. Keyin Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, yuzdan ortiq odamlar boʻlgan bir guruh fitnachilar fosh qilingan.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning iyun oyi oxirida Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini e’lon qilgan edi.