Samarqandda ikki fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

eʼlon qilindi
U jami $24 mingni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan
Foto: Bosh prokuratura

Samarqand viloyatining Payariq tumanida ikki fuqaroni AQShga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro ikki fuqaroning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishini va’da qilgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, u ularning har biridan $12 mingdan jami $24 mingni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda fuqaroni AQSh oʻrniga Afrikaga joʻnatgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek