Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5–6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining «Transport oʻzaro bogʻliqligi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish» mavzuidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Sammit davomida savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, «yashil» iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energetika masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqadi.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev «ShHT — Afgʻoniston» muloqot guruhi faoliyatini qayta tiklashni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek