Toshkentning Yunusobod tumanida ko‘chalarni suv bosishi natijasida yuzaga kelgan FV bartaraf etildi
eʼlon qilindi
Bu haqda “O‘zsuvta’minot”da ma’lum qilindi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuzaga kelgan suv toshqini va uning oqibatlari to‘liq bartaraf etildi, deb xabar berdi «O‘zsuvta’minot».
Avariya sodir bo‘lgan avtoyo‘l qismi to‘liq asfaltlandi.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni Toshkentning Moyqo‘rg‘on va Qoraqamish ko‘chalari chorrahasida suv tarmog‘ida yirik avariya sodir bo‘lgan va atrofni suv bosgan edi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Toshkentning Yunusobod tumanidagi favqulodda holat avtobuslar jadvaliga ta’sir qilgani haqida yozgan edi.