UzAuto Motors kompaniyasi Cobaltni sotuvga qo‘ydi
eʼlon qilindi
Sotuvda avtomobilning ikkita modifikatsiyasi mavjud
5-iyul kuni ertalab soat 10 dan «UzAuto Motors» kompaniyasi Cobalt avtomobillarini kontraktatsiyaga qayta qoʻydi. Yarim soat ichida bir necha ming shartnoma tuzildi.
Sotuvda avtomobilning ikkita modifikatsiyasi mavjud. Gx – Optima At – Plus narxi – 146,5 million so‘m. Gx – Style At – Plus narxi -147,9 mln.
Eslatib o‘tamiz, kecha 4-iyul kuni mijozlar shartnomalari uchun to‘lanmagan avtomobillar bugun sotuvga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingandi.
Oxirgi marta Cobalt avtomobillari iyun oyida sotuvga chiqarilgan edi. Kun davomida avtomobil ishlab chiqaruvchisi veb-saytiga xakerlik hujumlariga qaramay 25 mingta shartnoma tuzildi.