Yangiliklar

6-iyul kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor
Rasm: tolokonov /www.depositphotos.com

Bugun, 6-iyul kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Mamlakatning janubiy hududlarida shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 34-36 daraja issiq va kechasi 20-22 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo 20-25 daraja issiq va kechasi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.