Yangiliklar

Afg‘onistondan olib kelingan ichimliklar O‘zbekistonda qayta tekshiriladi

Avvalroq Qirg‘izistonda taqiqlangan edi
Rasm: O‘sh meriyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Afg‘onistondan olib kelingan Royal ichimligini qayta tekshiradi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Avvalroq internetda Qirg‘izistondagi Royal ichimlikdan zaharli moddalar topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu mahsulot O‘zbekistonga ham import qilinadi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, birinchi tekshiruv davomida mahsulot tarkibida zaharli yoki inson salomatligiga zarar yetkazuvchi moddalar topilmagan. Ayni paytda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan anor xushbo‘y ichimliklarning qayta namunalari yig‘ilmoqda.

«Bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va iste’mol qilish oqibatida zaharlangani toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan», deyiladi qo‘mitada.

O‘shda «Zolotaya jizn» anorli gazlangan ichimlik tarkibida bolalar faolligi va e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan azorubin E 122 bo‘yog‘i borligi sababli savdo nuqtalaridan olib tashlana boshladi.