Mirziyoyev Masud Pezeshkiyonni Erondagi prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Masud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Mirziyoyev oʻz murojaatida Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yangi bosqichga koʻtarilishiga ishonch bildirdi.
“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega boʻlgan, soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz», deydi prezident.
Eslatib o‘tamiz, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Masud Pezeshkiyon Eronning to‘qqizinchi prezidenti etib saylangan edi. Saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, u ikkinchi bosqich saylovlarida berilgan 30,5 mln byulletendan 16,4 mln ovoz olgan.