Yangiliklar

Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri qoʻshma mintaqalar forumini oʻtkazishni muhokama qilishdi

Tadbir yil oxirigacha Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashib, yil oxirigacha Qo‘qon shahrida yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va qo‘shma Hududlar forumini o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari izchil va muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. May oyida Toshkentda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazilgani aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ikki baravar oshdi. 30-iyun kuni Toshkent va Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar tiklandi.

Tomonlar sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, logistika va qurilish kabi sohalardagi loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonning Shusha shahriga tashrif buyurdi.