Yangiliklar

Mirziyoyevni Ozarbayjonning Shusha shahrida qanday kutib olishdi – foto

O‘zR rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun keldi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga keldi. Shushada uni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

TDT ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari rahbarlari Ilhom Aliyev bilan birgalikda Shusha shahrida amalga oshirilayotgan turli loyihalar va yutuqlar bilan tanishishdi. «Qorabog‘ durdonasi» va «Ozarbayjon musiqasi beshigi» deb atalgan bu shahar 2021-yildan buyon Ozarbayjonning madaniy poytaxti bo‘lib, 2023-yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan. Bu yil Shusha va Oʻzbekistonning Xiva shahri birodarlashgan shaharga aylandi.

Mehmonlar Shusha shahrida so‘nggi o‘ttiz ikki yil ichida birinchi marta qurilgan 8 gektarga yaqin maydonni egallagan va 23 binodan iborat yangi turarjoy majmuasida bo‘lishdi. So‘ng ular 2021-yilda qurilishi boshlangan yangi masjid va birinchi bo‘lib XIX-asrda qurilgan Govhar Og‘a masjidini ko‘rib chiqishdi.

Avvalroq Mirziyoyev Ozarbayjonning Fuzuliy shahriga tashrif buyurgan edi. Davlat rahbarini aeroportda Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov  va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi.