O‘zbekiston terma jamoasi “Osiyo bolalari” chempionatida oltin medallar soni bo‘yicha peshqadamga aylandi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zbekiston delegatsiyasi 36 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Rasm: MOQ

Yakutskda «Osiyo bolalari» VIII xalqaro sport o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa 25-iyundan 6-iyulga qadar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi 36 ta oltin, 31 ta kumush va 21 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 25 davlatdan 30 ta jamoa o‘rtasida medallar jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston terma jamoasi kurash bo‘yicha yettita vaznda to‘qqizta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha ham O‘zbekistonning yetti nafar vakili finalga chiqdi.

2-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasini Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari bilan kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek