Toshkent aeroportida yaqinda ochilgan “Terminal” kafesida yong‘in yuz berdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Aeroport normal rejimda ishlamoqda
Toshkent xalqaro aeroporti vokzal maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «UzAeroports» matbuot xizmati xabar berdi.
Internetdagi foydalanuvchilar voqea joyidan olingan videolarni bo‘lishdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti maydonida yangi «Terminal» kafesi yonib ketdi. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelishgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Natijada 5 kv.m maydon zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisaga oshxonadagi yong‘in sabab bo‘lgan.
Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Terminal» restorani 25-iyun kuni ochilgan edi.