Toshkent xalqaro aeroporti vokzal maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «UzAeroports» matbuot xizmati xabar berdi.
Internetdagi foydalanuvchilar voqea joyidan olingan videolarni bo‘lishdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti maydonida yangi «Terminal» kafesi yonib ketdi. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelishgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Natijada 5 kv.m maydon zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hodisaga oshxonadagi yong‘in sabab bo‘lgan.
Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Terminal» restorani 25-iyun kuni ochilgan edi.