Bishkek trolleybusdan voz kechishga qaror qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda shahar meriyasi ma’lum qildi
Foto: Wikipediya

Bishkek shahar meriyasi trolleybus tizimidan voz kechadi. Bu haqda poytaxt meri Aybek Junushaliyev «Kabar» agentligiga ma’lum qildi.

Poytaxt meri mazkur qaror shahar aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilganini ta’kidladi.

Junushaliyevning soʻzlariga koʻra, fuqarolarning ushbu transport turiga qiziqishi pasaymoqda. Agar 2023-yilda 8 million kishi trolleybus xizmatidan foydalangan boʻlsa, joriy yilda bu 5 million kishini tashkil qilgan.

Qirgʻiziston poytaxtida trolleybus tizimi 1951-yil yanvar oyi oʻrtalaridan boshlab ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda trolleybus liniyasi 1947-yilning noyabridan 2010-yil may oyining boshigacha ishlagan.

Avvalroq «Kursiv» Samarqand va Xorazmda tramvay va trolleybuslarda yoʻl haqini toʻlashni avtomatlashtirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek