Yangiliklar

Dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etmoqda

Uning qiymati 14,54 so‘mga ko‘tarildi
Foto: Piqsels

8-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 14,54 so‘mga ko‘tarildi va 12 618,26 so‘mni tashkil qildi.

Mamlakatning banklari AQSh valyutasini 12 545 – 12 600 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 630 – 12 665 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 3,67 so‘mga o‘sgan edi.