Ka’ba pardasi yangisiga almashtirildi – video

eʼlon qilindi
Bu jarayonda 150 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etdi
Foto: Piqsels

Islom taqvimi bo‘yicha Muharram oyi kirib kelishi bilan Ka’ba pardasi (kisva) yangisiga almashtirildi, deb xabar berdi «Asharq al-Avsat».

Kisva har yili almashtiriladi. Bu yilgi jarayonda 150 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etdi.

Uning og‘irligi 1,3 tonna, balandligi 14 metr. Kisva ipakdan qilingan, kashta tikishda 120 kg oltin va 100 kg kumush iplar ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-iyul kuni musulmonlar Yangi yilni nishonladilar. Islom olamiga 1446 yil kirib keldi.

Video: SNN

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Makkaga (Hajga) 13 milliondan ortiq odam tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek