8-iyul, dushanba kuni Oʻzbekistonda UzSOC Kiberxavfsizlik monitoringi markazi ochildi. Bu haqda «Uzinfocom» matbuot xizmati xabar berdi.
Markazning asosiy vazifasi davlat organlari infratuzilmasidagi kibertahdidlarni aniqlashdan iborat.
Shuningdek, shu kuni Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalaridan kelib tushgan ma’lumotlar monitoringini olib boruvchi elektron platformasi «Vaziyat markazi»ning ochilishi boʻlib oʻtdi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekiston kiberxavfsizlik reytingida 176 mamlakat ichida 93-oʻrinni egalladi. 2022-yilda esa 88-oʻrinni egallagan edi.
Avvalroq «Kursiv» Group-IB Toshkentda Markaziy Osiyoda raqamli jinoyatlarga qarshi kurash markazi ochgani haqida xabar bergan edi.