Raqobat qo‘mitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Narxlar 10 foizdan 15 foizgacha qimmatlashgan
Rasm: Raqobat qo‘mitasi

Mineral o‘g‘itlar bozorida narxlarni asossiz oshirgani sabab «Maxam-Chirchiq» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, «Maxam-Chirchiq» AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlar aniqlangan. Bu esa narxlarining 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga olib kelgan.

Mazkur aniqlangan harakat qishloq xo‘jaligi korxonalari, klaster, fermer va dehqonlarning mahsulotlari narxi oshishiga sabab bo‘ladi. Shularni hisobga olib, Raqobat qo‘mitasi «Maxam-Chirchiq» AJga nisbatan O‘zR «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish qo‘zg‘atdi.

Eslatib o‘tamiz, raqobatdagi kichik qoidabuzarliklar uchun jarimalar yumshatilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek