Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakant direktor lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi. Bu haqda Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent shahridagi 27 ta maktabning direktor lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qilindi. Nomzodlar madm.uzedu.uz saytida menejerlik sertefikatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Bektemir tumanidagi 346, Mirobod tumanidagi 214, 175, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 211, Olmazor tumanidagi 1, 11, 46, 134, 24, 185, 224, 261, 315, Sergeli tumanidagi 277, 55, Uchtepa tumanidagi 197, 251, Shayxontohur tumanidagi 41, 324, 59, 299, Yunusobod tumanidagi 80, 313, 43, 70, Yakkasaroy tumanidagi 160 hamda Yangihayot tumanidagi 336-sonli umumta’lim maktablariga direktorlik lavozimi ochiq tanlovga qo‘yildi.
Ushbu ochiq tanlov 2024-yil 8-iyuldan 12-iyulga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha ta’lim agentligi tugatilgani haqida xabar bergan edik.