Turkiya tashqi ishlar vaziri turkiy davlatlarni yagona alifbo joriy etishga chaqirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Xoqon Fidan bayonot berdi
Фото: Piqsels

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan turkiy mamlakatlarni umumiy alifbo joriy etishga chaqirdi, deb yozdi «Daily News» gazetasi.

«Biz imkon qadar tezroq alifbo birligini o‘rnatishimiz kerak», dedi diplomat.

Fidan turkiy davlatlar oʻrtasida aloqa, energetika, moliya va boshqa sohalarda hamkorlik qilish uchun zamin yaratish zarurligini ta’kidladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham xuddi shunday tashabbus bilan chiqdi. Turkiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Oliy ta’lim kengashi allaqachon tashkilot kotibiyatiga tavsiyalar bergan.

Erdo‘g‘an, shuningdek, kelasi yili yagona alifbo yaratishni boshlash uchun ish olib borishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbek alifbosida to‘rtta harfni o‘zgartirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek