Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi Turkiyada avtomobil zavodi qurish boʻyicha Turkiya Sanoat vazirligi bilan $1 mlrdlik investitsion bitimni imzoladi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarish jarayonini boshlash 2026-yilga moʻljallangan. Zavod yiliga 150 mingtagacha elektromobil va gibrid avtomobillarni ishlab chiqarishi rejalashtirilmoqda.
Turkiya bilan kelishuv BYD kompaniyasiga Xitoy elektromobillarining Yevropa bozoriga kirib kelishiga Yevropa Ittifoqi tomonidan iyul oyi boshida joriy qilgan 38 foizlik import tariflarini chetlab oʻtishga yordam beradi.
Turkiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar 1995-yildan beri amalda boʻlgan bojxona ittifoqi doirasida Yevropa Ittifoqi bozorlariga bepul kirish huquqidan foydalanadi.
Ma’lumot uchun, Turkiya Yevropaning uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi davlati hisoblanadi. Mamlakat 2024-yilning birinchi yarmida chet elga $17 milliardlik avtomobil sotdi.
BYD Turkiya bozorida yiliga 25 mingtagacha elektromobil sotishni, shuningdek, Turkiyadan Yevropa Ittifoqiga 75 mingta eksport qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» endilikda Oʻzbekistonda BYD avtomobillarining narxi arzonlashishi haqida xabar bergan edi.