Energiya ishlab chiqarish va sotishda monopoliya boʻlmaydi — Alisher Qodirov

eʼlon qilindi
“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi
Foto: AntonMatyukha / depositphotos.com

Endilikda energiya ishlab chiqarish va sotishda monopol mavqe boʻlmaydi, deb xabar berdi «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.

«Mobil aloqada xizmat koʻrsatadigan kompaniyani tanlaganingizdek energiya sotadigan kompaniyani ham tanlash huquqingiz boʻladi. Energiya ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalar orasida raqobat boʻladi. Amaldagi qonunda bu taqiqlangan edi», deydi Qodirov.

8-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida «Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Unga koʻra, qonun loyihasi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash, elektr energiyasi bilan ta’minlash, markaziy xaridorning funksiyalarini bajarish, elektr energiyasi savdosi, importi va eksporti litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni oʻrganish uchun ishchi guruh tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek