Oʻzbekiston janubida havo harorati +42° gacha isiydi

eʼlon qilindi
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonda 9-iyul, seshanba kuni havo harorati +34…+39°, mamlakat janubida – +42° boʻladi, deb xabar qildi «Oʻzgidromet».

Toshkentda sinoptiklar ob-havo +35…+37° bo‘lishini ta’kidladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, havo harorati +23…+28° isishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga moslashayotgani haqida yozgan edi

Shuningdek